Kim ishga keldi — bir qarashda ko'ring
Xodim «Keldim» tugmasini bosadi — siz vaqtini va qayerdan bosganini ko'rasiz. Kechikkanlarga eslatma, 18:00 da uyga ruxsat va shaxsiy chat. Hammasi bitta ilovada.
Rahbar va xodim uchun hamma narsa
Ilova ichidagi haqiqiy ekranlar. Rahbar kompaniya ochadi, xodimlar kod bilan qo'shiladi.
Kompaniyangiz bir ekranda
Kim keldi, kim kechikdi, kim hali kelmagan — hammasi ko'rinib turadi. Yuqorida 6 belgili qo'shilish kodingiz turadi.
- Xodim kodni kiritadi — siz «Roziman» yoki «Rad etish» ni bosasiz
- Noto'g'ri kod bilan hech kim kira olmaydi
- Har bir xodimning profili va avatari
«Keldim» — bitta tugma
Xodim ishga kelganda tugmani bosadi. Sizga darhol xabar keladi: vaqt va qayerda turib bosgani.
- Ish vaqti 09:00 – 18:00
- Kechiksa, har 25 daqiqada eslatma
- Kechikish daqiqalari avtomatik hisoblanadi
Joylashuv xaritada
Xodim profilini oching — «Keldim» bosilgan joy xaritada ko'rinadi. Aniqligi metrlarda yoziladi.
- Google Maps'da bir bosishda ochiladi
- Joylashuv faqat «Keldim» bosilganda olinadi
18:00 — uyga ruxsat
Ish kuni tugaganda xodimga «Uyga ketsangiz bo'ladi» chiqadi. U OK bosadi — sizga ruxsat so'rovi keladi.
- «Hammasini qabul qilish» yoqilsa — avtomatik ruxsat
- Kim qachon ketgani ham saqlanadi
Har bir xodim bilan shaxsiy chat
Premium pass bilan rahbar har bir xodimga alohida yozadi. Yangi xabar kelganda ogohlantirish chiqadi.
- Faqat rahbar va xodim ko'radi
- Oyiga $2.99 — butun kompaniya uchun
3 qadam — va ishlayapti
Kompaniya oching
Ilovani o'rnating, «Rahbar» ni tanlang va kompaniya nomini yozing.
Kodni yuboring
Shu sayt havolasini va 6 belgili kodingizni xodimlarga yuboring.
Xodimlarni qabul qiling
Xodim kodni kiritadi, siz «Roziman» ni bosasiz. Tamom!
Ilovani yuklab oling
Bu oddiy fayl emas — tayyor ilova. Yuklangan faylni ikki marta bosing, ilova o'zi o'rnatiladi va ochiladi.
Boshlash bepul
Bepul
- Cheksiz xodimlar
- «Keldim» + joylashuv
- Kechikish eslatmalari
- 18:00 da uyga ruxsat
⭐ Premium pass
- Bepuldagi hamma narsa
- Har bir xodim bilan shaxsiy chat
- PRO belgisi
- Visa, Mastercard va boshqa kartalar
Ko'p so'raladigan savollar
Bir hisob bilan ikki qurilmada ishlasa bo'ladimi?
Ha. Telefonda ham, kompyuterda ham shu email bilan kiring — ma'lumotlar bir xil bo'ladi.
Windows «Windows protected your PC» desa nima qilaman?
«More info» → «Run anyway» ni bosing. Bu yangi ilovalarda bo'ladigan oddiy ogohlantirish.
Android «Play Protect» ogohlantirsa-chi?
«Baribir o'rnatish» ni bosing. Ilova Google Play'dan emas, to'g'ridan-to'g'ri shu saytdan o'rnatilmoqda.
Mac «ochib bo'lmaydi» desa?
Workday'ga o'ng tugma bilan bosing → «Open» → «Open». Yoki System Settings → Privacy & Security → «Open Anyway».
Joylashuvim doim kuzatiladimi?
Yo'q. Joylashuv faqat siz «Keldim» tugmasini bosgan paytda bir marta olinadi.